News

YUNESKO O‘zbekistonda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish va ijodiy industriyani rivojlantirish uchun an’anaviy hunarmandchilik, tadbirkorlik va dizayn bo‘yicha trening tashkil etdi.

Marg’ilon an’anaviy hunarmandchilik, tadbirkorlik va dizayn bo’yicha milliy treningi 2024-yilning 30-martidan 8-apreligacha Marg’ilon shahrida bo’lib o’tdi.
National training in traditional craftsmanship in Uzbekistan

Marg’ilon an’anaviy hunarmandchilik, tadbirkorlik va dizayn bo’yicha milliy treningi 2024-yilning 30-martidan 8-apreligacha Marg’ilon shahrida bo’lib o’tdi. Mazkur trening Farg‘ona viloyati hokimligi ko’magida hamda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” hunarmandchilik va xalq rassomlari uyushmasi, Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi bilan yaqin hamkorlikda YUNESKO tomonidan tashkil etildi.

Trening O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosini asrash va targ‘ib qilish hamda ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari, trening O‘zbekistonda hunarmandchilik sifati va dizaynini yaxshilash orqali an’anaviy hunarmandchilikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga yordam berdi.

Trening dasturi nazariy mashgʻulotlardan iborat bo’lib, Oʻzbekistonda anʼanaviy hunarmandchilikning tarixiy rivojlanishi va zamonaviy tendentsiyalari haqida keng tushuncha berdi, shuningdek, anʼanaviy kashtachilik, etno dizayn va chitgarlik boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oʻz ichiga oldi. Trening eng muhim qismi madaniyat, xususan hunarmandchilik sohasida tadbirkorlik va biznes rivojlantirishga qaratildi.

Ushbu trening O‘zbekistonning turli hududlaridan bo’lgan 60 nafar ishtirokchi uchun O’zbekistonning taniqli ekspert, usta va dizaynerlari tomonidan o’tkazildi.

Asosiy maqsad – an’anaviy madaniyat va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida barqaror daromad olish va ish o‘rinlarini yaratish orqali mahalliy hamjamiyatlar, jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning turmush darajasini oshirishdir. Xususan, ushbu trening yangi bizneslar tashkil etilishiga, samaradorlikning oshishiga va mamlakatda umumiy iqtisodiy o’sish va barqaror rivojlanishga hissa qo’sha oladigan bandlik imkoniyatlarini yaxshilashga yordam berishi yo’naltirilgan.

Trening Yevropa Ittifoqi va YUNESKO “Afgʻoniston, Markaziy Osiyo va Erondagi Ipak yoʻli merosi yoʻlaklari – Yevropa madaniy meros yilining xalqaro oʻlchovi” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. Loyiha maqsadi O’zbekiston moddiy va nomoddiy madaniy merosini asrab-avaylash salohiyatini kuchaytirish, Ipak yo‘lidagi umumiy madaniy meros haqida xabardorlikni oshirish va targ‘ib qilish, hamda merosdan, jumladan barqaror merosga asoslangan turizmni rivojlantirish orqali barqaror rivojlanish uchun asos sifatida foydalanishdan iborat. 

National training in traditional craftsmanship
Milliy trening
National training in traditional craftsmanship in Uzbekistan (3)
Milliy trening
National training in traditional craftsmanship in Uzbekistan (4)
Milliy trening
National training in traditional craftsmanship in Uzbekistan (5)
Milliy trening
National training in traditional craftsmanship in Uzbekistan (6)